Namozgoh

Masjidlar uchun

Namoz va qomat vaqtlari — masjid ekranida

Televizorda qomat vaqtlari, keyingi qomatgacha sanoq va «Qomat» e'loni. Jadvalni imom telefondan boshqaradi, ekran esa internet uzilsa ham ishlayveradi.

Android 7.0 va undan yuqori: TV-box, Android TV, planshet

Namozgoh ekrani: soat, keyingi qomatgacha vaqt va besh namozning qomat vaqtlari

Imkoniyatlar

Qomat vaqtlari

Har bir namozning qomat vaqti katta raqamda, ostida azon vaqti. Oraliqlarni o'zingiz belgilaysiz.

Qomatgacha countdown

Azon kirgach — halqali sanoq, so'ng «Qomat» e'loni va telefonlarni o'chirish eslatmasi.

Internetsiz ham ishlaydi

Ekran bir haftalik jadvalni oldindan saqlab qo'yadi. Internet uzilsa ham vaqtlar to'g'ri ko'rinadi.

Kod bilan ulash

Pultda manzil terish shart emas: ekranda chiqqan 6 xonali kodni telefoningizdan kiritasiz — tamom.

Telefondan boshqarish

Jadvallarni kiritish, oldingisidan nusxa olish, masjid nomi va sozlamalar — hammasi telefonda.

Bir nechta ekran

Asosiy zal, ayollar zali, hovli — barcha ekranlar bitta jadvaldan bir vaqtda yangilanadi.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Ilovani o'rnating

    TV-box, Android TV yoki planshetga Namozgoh ilovasini o'rnating. Kompyuterda brauzerda namozgoh.uz/display ni ochish ham mumkin.

  2. 2

    Kodni kiriting

    Ekranda chiqqan kodni telefoningizda namozgoh.uz/admin → «Ekranlar» bo'limiga kiriting.

  3. 3

    Jadvalni kiriting

    Haftalik namoz vaqtlarini kiriting — ekran darhol yangilanadi va o'zi ishlayveradi.

Masjidingizni ulang

Masjidingiz uchun akkaunt ochish va ekranni sozlashda yordam beramiz.